Odil Ahmedov: «Navbahor»ga yordam berdim, endi esa ularga kerak bo‘lmay qoldim»

O‘zbekiston terma jamoasi va Xitoyning «Shanghay SIPG» klubi yarimhimoyachisi Odil Ahmedov o‘zi tug‘ilib o‘sgan Namangan shahri futboli, tashkil etgan akademiyasida amalga oshirayotgan ishlari haqida gapirib o‘tdi.
— Namanganda yana yoshlar futboli qayta oyoqqa turayotganini eshitayotgan juda ko‘plab hamshaharlarimdan nafaqat namanganliklar, balki vodiy ahlidan juda ko‘plab xatlar olyapman. «Navbahor»ga saylangan yangi prezident Shavkatjon Abdurazzoqovni klub o‘rinbosarlari uchun alohida sharoit yaratib berganini eshitib xursand bo‘ldim. Chunki bu bizning ishimizni yengillashtiradi, sport kollejidan yaxshi bolalarni yetishtirib berib tursak, o‘rinbosarlar tarkibi orqali yo uni bosh jamoaga yoki chetga chiqarish bilan shug‘ullanamiz. Shuning uchun ham o‘rinbosarlarga bo‘lgan e'tibor juda muhim. To jamoa o‘z o‘rinbosarlariga jiddiy e'tibor qaratmas ekan, chetdan kelgan futbolchilar hozir jamoani emas, o‘zini o‘ylaydigan bo‘lib qolgan. Tez kunlarda xorijlik hamkorlarimiz bilan murabbiylar malakasini oshirish borasida ish boshlaymiz.
— Mavsum boshida «Navbahor»da sizning hissangiz haqida gap-so‘zlar chiqqan edi?
— Men bu yil jamoaga rostmana yordam bermoqchi edim. O‘tgan yil yakunida jamoa qiyin ahvolga tushib qoldi, o‘shanda qo‘ldan kelgan yordamimni berdim. Yakunda jamoa oliy ligada qolgach, men kerak bo‘lmay qoldim. Mayli, bunga qarshiligim yo‘q. Lekin nima o‘zgardi? Mo‘minjonov menga yoshlarga e'tibor qaratishni va'da bergandi, ammo yakunda rulni o‘z qo‘liga ola boshladi, xuddiki barcha ishni u qilgandek. Bemalol ishlayversin. Lekin yana bir bor aytaman, Namangan futbolini karvonsaroy qilishmasin.
Bizga har doim 2-3 futbolchini kashf qilib beradigan murabbiylar kerak. Mo‘minjonov klubda yana qancha ishlaydi bilmayman, ammo ishni kechiktirmasdan yoshlarga urg‘u berishimiz kerak, boshqa gap-so‘z bo‘lishi mumkin emas, degan Ahmedov shampionat.asia saytiga bergan intervyusida.
Tavsiya etamiz
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron 400 kilodan ortiq boyitilgan uranni AQSh zarbalaridan yashirishga ulgurgan - Yevropa razvedkasi
Jahon | 23:36 / 26.06.2025
-
XVJ daromad solig‘ini tabaqalashtirishga chaqirdi. Iqtisodchi bunga qarshi to‘rtta sabab keltirdi
Iqtisodiyot | 23:08 / 26.06.2025
-
AQSh 2026 yilda yadro triadasini rivojlantirishga 60 mlrd dollar sarflashni rejalashtirmoqda
Jahon | 22:51 / 26.06.2025
-
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Belarusga yetib bordi
O‘zbekiston | 22:32 / 26.06.2025
Mavzuga oid

13:44 / 30.03.2025
«Paxtakor» Toshkentda «Dinamo»ga yutqazdi, OKMK yaqqol peshqadam

21:38 / 19.07.2024
«Navbahor» Samvel Babayan o‘rniga yangi bosh murabbiyni e’lon qildi

14:32 / 29.06.2024
Rasman: «Navbahor» va Babayan o‘zaro kelishuvga asosan shartnomani bekor qilishdi

12:13 / 17.06.2024