Turklar AQShning Suriyadagi harbiy bazalari haqidagi ma'lumotni oshkor etdi
Turkiyaning Anadolu agentligi Amerikaning Suriyadagi harbiy bazalarining joylashuvi haqidagi ma'lumotlarni e'lon qildi.
Bunday ma'lumotlar AQSh prezidenti Donald Tramp suriyalik kurdlarga qurol-yarog‘ yetkazib berishni ma'qullagach, Vashington va Anqara o‘rtasidagi munosabatlar sovuqlashganidan so‘ng OAVda paydo bo‘ldi.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, Al-Hasaka viloyatidagi Rmaylan tumanidagi ikki aviabaza 2015 yildan buyon faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. 2016 yilning martida Ayn-ul-Arab shahrining Harab-Isk tumanida vertolyotlar joylashtirish uchun baza tashkil etilgan, u ham suriyalik kurdlarga harbiy madad beruvchi yo‘nalishlardan biridagi yuk tushirib ortish punkti hisoblanadi.
Bundan tashqari, Al-Hasaka viloyatida joylashgan yana uchta baza sanab o‘tilgan. Ulardan birida yuzga yaqin, boshqasida bir yuz ellikka yaqin amerikalik harbiy joylashtirilgan. Bu bazalar IShIDga qarshi kurash uchun yo‘naltirilgan, deyiladi. Yana ikki punkt Manbij shahrida joylashtirilgan bo‘lib, ular Suriya ozod armiyasiga qarshi operatsiyalar o‘tkazishadi. Shuningdek, Raqqa viloyatining shimolida ham uchta baza borligi ta'kidlangan.
Ularning ikkitasida nafaqat amerikalik, balki fransuz harbiylari ham joylashtirilgan. Uchinchisi suriyalik kurdlarga qurol-aslaha yetkazish bilan, shuningdek, koalitsiya kuchlari aloqa markazi va IShID jangarilarining kommunikatsiyalarini vayron qilish bazasi sifatida faoliyat ko‘rsatadi, deyiladi maqolada.
Agentlikning ta'kidiga ko‘ra, Amerika kuchlarining tayanch punktlari «yopiq zona» sifatida belgilangan va maxfiylashtirilgan. Bazadagi harbiy xizmatchilar aviazarba va artilleriya zarbalarini o‘tkazish uchun aloqalarni ta'minlab turishadi, mahalliy kuchlarni tayyorlaydi va operativ rejalashtirish o‘tkazadi. O‘sha yerda faol jangovar harakatlar olib boruvchi bo‘linmalar ham joylashtirilgan.
Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, bazalar yuqori manyovrli artilleriya batareyalari, baravariga o‘t ochish reaktiv tizimlari, razvedka uchun mobil uskunalar, zirhli mashinalar, xususan, Stryker’lar bilan ta'minlangan.
Xabar qilinishicha, Bevosita harbiy tayanch punktlaridan tashqari, AQSh o‘z askarlarini ularni topish mushkul bo‘lgan joylarga: turar-joy hududlariga, «Demokratik ittifoq» lagerlariga, operativ nuqtaga osongina aylantirish mumkin bo‘lgan fabrikalarga joylashtirmoqda.
Pentagon AQShning Suriyada joylashgan harbiy bazalari haqidagi ma'lumot oshkor etilganidan tashvishda ekanligini bildirgan. «Bu AQSh boshchiligidagi koalitsiyaning IShIDga qarshi harakatlariga xalaqit berishi mumkin», — degan Pentagon vakili Erik Pehon.
«Operativ xavfsizlik vajlari tufayli biz Suriyada IShIDni yo‘q qilish borasida operatsiyalar o‘tkazayotgan koalitsiya kuchlarining joylashuvi haqidagi ma'lumotlarni oshkor etmaymiz», — degan Pehon. «Nozik harbiy ma'lumotlarning chop etilishi koalitsiya kuchlarini keraksiz tahdid ostiga qo‘yadi va IShIDni yo‘q qilish yuzasidan olib borilayotgan operatsiyalarni barbod qilishi mumkin», — deya qo‘shimcha qilgan u.
Turkiya va AQSh o‘rtasidagi munosabatlar Trampning yaqindagi, IShIDga qarshi kurashayotgan suriyalik kurdlarga qurol-yarog‘ yetkazib berish haqidagi qaroridan so‘ng sovuqlashgan. Turkiyaning rasmiy pozitsiyasiga ko‘ra, Suriyadagi kurd jangarilari ham Anqara, ham Vashington tomonidan terrorchilik tashkiloti, deya tan olingan Kurdiston ishchi partiyasi (KIP) ga aloqador.
Tavsiya etamiz
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
O‘zbekiston | 17:00 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
O‘zbekiston | 14:30 / 27.05.2025
“Viza berishni osonlashtirish haqida gap-so‘z yo‘q” – AQSh elchixonasi
O‘zbekiston | 19:28 / 26.05.2025
Makron Vetnamga tashrifi chog‘ida rafiqasidan shappati yedi
Jahon | 16:40 / 26.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Hali suv neftdan qimmat bo‘ladi” – tahlilchilar Markaziy Osiyo kelajagini prognoz qilmoqda
O‘zbekiston | 11:51
-
17 ta xorijiy kompaniya O‘zbekistonda ofisini ochishni rejalashtirmoqda
Iqtisodiyot | 11:45
-
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37
-
Ukraina droni Moskvadagi ko‘p qavatli turar joy binosiga borib urildi
Jahon | 11:21
Mavzuga oid

21:35 / 28.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?

18:19 / 28.05.2025
Yevropa Ittifoqi Suriyaga qarshi sanksiyalarini bekor qildi

14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan

16:19 / 24.05.2025