15:12 / 21.07.2017
6921

Andijonda yarim kilogrammga yaqin marixuana saqlagan shaxs aniqlandi

Andijon viloyati Baliqchi tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor profilaktik tadbirlar natijasida shu tuman Eski-Haqqulobod QFYda yashovchi M.O  jami 42 gramm marixuana giyohvand moddalarini 175.000 so‘mga sotayotganida ushlandi.

Bu haqda Andijon viloyati matbuot xizmati xabar qilmoqda. Uning yashash uyi ko‘zdan kechirilganda u uyining omborxonasida 390 gramm marixuana giyohvandlik moddasini noqonuniy saqlayotgani aniqlangan.

Tadbir davomida jami 432 gramm marixuana giyohvand moddasi daliliy ashyo sifatida olingan.

Hozirda, ushbu holat yuzasidan Baliqchi tumani IIB Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5 qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Top