Nima uchun restoran-kafelar ishlash vaqti chegaralangan?
Xalqaro Press-klubning navbatdagi sessiyada parlament deputatlari, siyosiy partiyalar vakillari bilan ularning tashabbuslariga doir fikrlar almashildi. Qizg‘in bahs-munozaralar bo‘ldi. Shu bilan birga, siyosiy partiyalarning ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi tashabbuskorligi sustligi tanqid qilindi. Xususan, XPK sessiyasi moderatori, siyosatshunos Sherzodxon Qudratxo‘jayev sessiya qatnashchilari e'tiborini tadbirkorlar va umuman sayyohlarni ham qiynayotgan bir masalaga qaratdi.
“Prezident virtual qabulxonasiga murojaatlarning ko‘p kelishi boshqa institutlar ishlamayotganini ko‘rsatadi. Hozir nisbatan kamaydi, bu.
Mana bir tadbirkor bizga murojaat qilibdi. O‘zbekiston turizmni rivojlantirishni rejalashtirmoqda. Samarqand, Toshkent, Buxoro, Xiva bor. Lekin, ko‘p joyda kafe-restoranlar kechasi soat 23:00da yopiladi. Sayyoh, masalan, pazandalik turizmi orqali xorijdan kelgan kishi, milliy taomlarni iste'mol qilishni xohlaydi. Qorni ochadi. Yoki kechasi chiqib sayr qilgisi keladi. Hamma joyda ham yomon narsa bo‘lmaydi-ku. Nimaga, deydi o‘sha murojaat qilgan tadbirkor, nega O‘zbekistondagi birorta partiya kafe-restoranlar yarim tun soat 24:00-1:00 gacha ishlasin degan taklif bilan chiqmaydi.
Turistlar xohlagan taomini borib yesin. Nega cheklov bor, deb murojaat qilmoqda. U joyda jinoyat bo‘lmaydi-ku, deb qayg‘urmoqda. Bugun shu masalani ham ko‘tarish vaqti keldi. Bu nimani anglatadi, kechasi savdo ko‘proq bo‘ladi, buni ortidan davlatga tushum ko‘proq bo‘ladi, o‘sha tashkilot rivojlanadi”, - degan fikrlarni bildirib o‘tdi Qudratxo‘jayev.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tutanxamon xazinasining bir qismi yangi muzeyga ko‘chirildi
Jahon | 02:18
-
Meksika Google korporatsiyasini sudga berdi
Jahon | 00:27
-
“Harvard bu raundni yutdi”: universitet AQSh ta’lim vazirining xatolarga to‘la xatini tekshirib, o‘ziga qaytarib yubordi
Jahon | 00:01
-
Britaniyada uchuvchi o‘ng va chapni adashtirib yuborgani uchun samolyotda yong‘in chiqdi
Jahon | 23:57 / 09.05.2025
Mavzuga oid

09:50 / 03.05.2025
O‘zbekistonda milliy turizm yagona platformasi ishlab chiqilmoqda

12:33 / 02.05.2025
«Bunda xorijiy turist u yoqda tursin, mahalliy sayyoh ham boshqa davlatga borishni afzal ko‘radi» - prezident chiptalar narxi haqida

16:31 / 28.04.2025
Umraga oid reklama qonunchiligini buzganlar jazolandi

12:07 / 11.04.2025