19:30 / 21.07.2017
8881

OAV: Al-Aqsa masjidiga 50 yoshdan kichik musulmonlarning kirishi taqiqlandi

Isroil hukumati Al-Qudsda keskinlikni oshirish taktikasini qo‘llamoqda, deb yozmoqda “Anadolu”.

Xabarda aytilishicha, xalqaro hamjamiyatning chaqiriqlari va talablariga qaramay, Isroil Al-Aqsa masjidiga kiraverishda metall buyumlarni qidirish qurilmalarni saqlab qolinishi haqida ma'lum qilgan.

Shahardagi musulmonlar metall detektorlardan o‘tishdan bosh tortmoqda. Falastinliklar esa yakshanba kunidan beri Al-Aqsaga kiraverishda namoz o‘qimoqda.

Bugungi kundan esa Al-Aqsa masjidiga 50 yoshdan kichik musulmonlarning kirishiga qo‘yilgan taqiq kuchga kirdi.

Isroil politsiyasi Al-Qudsning Al-Aqsa masjidi joylashgan Eski shahar tumaniga kirish yo‘llarini yopib qo‘ygani aytilmoqda. 

Avvalroq Turkiya va Isroil prezidentlari Al-Qudsdagi keskin vaziyatni muhokama qilishgani xabar berilgandi.

Top