Oliy öquv yurtlariga kiriş uçun davlat imtihonlariga ham oz fursat qoldi. Haqiqatni gapiradigan bölsak, bu aksari insonlar uçun umr yöllarida uçrayotgan katta burilişdir. Talaba böliş niyati tinçlik bermay kelayotgan yoşlar bugun katta hayajonda. Ammo bu maqsad yölida qinğirliklarga qöl urayotganlar ham, afsuski topiladi. Imtihonlarga yaşirin ravişda telefon, şpargalka va yana şunga öxşaş narsalar olib kirib, boşqalarga ziyon beriş holatlari kuzatiladi. Muqaddas Islom dinida bu işlarga qanday baho berilgan? Özbekiston musulmonlar idorasi fatvo hay'ati bu borada öz fikrlarini bildirib ötdi.
“Assalomu alaykum. Bunday işlarni qiliş haromdir! Bu iş odamlarni aldaşdir! Bu kelajak poydevoriga bolta urişdir! Bu iş millat istiqboliga aniq xiyonatdir! Bu işga qöl urayotgan, yöl oçib berayotgan, birovni örniga imtihonga kirib, mömay pul evaziga layoqatsiz abituriyentning testi javobini yozib berayotgan barça-barça kimsalar kelajak uçun buyuk kadrlarni emas, balki jamiyat taraqqiyot yöliga, istiqboliga yuk böluvçi şaxslarni yetiştirayotgan böladilar. Bu birgina şaxs uçun qilingan xiyonat emas, butun boşli bir millatga xiyonat va aldov, deb baholanadi.
Imom Ahmad rivoyat qilgan hadisda Payğambarimiz salollohu alayhi va sallam “Bizni aldaganlar bizdan emaslar”, deb bunday aldoqçi-firibgarlar ummati Muhammadiyya qatoridan joy olmasliklarini ta'kidlaganlar. Şu işlarga çek qöyilsa, ilm örganganlar imtihondan ötadi, ilmga rağbat ortadi, bilimlilar safi kengayadi. Odamlarni fikri töğirlanib, ilm imtihonda asosiy mezon ekaniga işonçi ortib, haqiqiy yetuk kadrlar har qaçon ustun ekaniga amin bölib, yana ilmga astoydil bel boğlab, farzandlarini kitobga qaytaradilar!. Aksinça, hiyla-nayranglarga yöl berilsa, kitob oçilmaydi, ilm qadrsizlanib, olimlar soni kamayadi, qoloqlik sari yuz tutiladi”.












