11:41 / 22.07.2017
13137

Abramovich «Chelsi» futbolchisini Mourinoga berib yuborishga rozi bo‘ldi

«Chelsi» klubi xo‘jayini Roman Abramovich Nemanya Matichni «Manchester Yunayted» safiga o‘tishi uchun ruxsat berdi. Bu haqda The Telegraph nashri xabar tarqatdi.

Manba bergan xabarga ko‘ra, buning uchun mankunianlar 28 yoshli Serbiya terma jamoasi yarimhimoyachisi uchun London klubiga 50 mln. funt sterling (56,6 mln. yevro) to‘lashiga to‘g‘ri keladi. Matichni «MYu»ga olib kelish uchun jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinoning shaxsan o‘zi jon-jahdi bilan harakat qilib kelmoqda.

Matichning «Chelsi» bilan amaldagi shartnomasi 2018 yil yozida nihoyasiga yetadi.

Top