Sport | 13:39 / 22.07.2017
28383
2 daqiqa o‘qiladi

Dushanbeda «Tojikiston vs O‘zbekiston» boks kechasi bo‘lib o‘tadi

Dushanbe shahrida o‘zbek va tojik charm qo‘lqop ustalari ishtirokida katta boks kechasi bo‘lib o‘tadi. 

«Toj Promoushen» promouterlik kompaniyasi tomonidan uyushtirilayotgan musobaqa 29 iyul kuni shaharning «Axorun» amfiteatrida tashkil etiladi. 

Ushbu sport tomoshasida o‘zbek bokschilariga qarshi «Sher» laqabli Sherali Mamadaliyev, Baxtiyor Mirzomuhammad va Asror Vohidov ringga ko‘tarilishadi.

Umuman, shu kuni 6ta jang o‘tkaziladi. 

Asosiy janglar quyidagi juftliklar o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.

1. Sherali Mamadaliyev        (Tojikiston) – Maqsud Jumayev (O‘zbekiston)
    Reyting jangi, yarim o‘rta vazn toifasi (66,678 kg), 8 raund

2. Baxtiyor Mirzomuhammad (Tojikiston) – Alisher Habibullayev (O‘zbekiston)
    Reyting jangi, o‘rta vazn (72,5 kg), 6 raund

3. Asror Vohidov                  (Tojikiston) – Humoyun Rustamov (O‘zbekiston)
    Reyting jangi, ilk yarim yengil vazn (55,338 kg), 6 raund

Mavzuga oid