Iroq mudofaa vaziri Irfon al-Xayoliy Tehronga keldi, bu yerda u eronlik hamkasbi Husayn Dehqon bilan muzokaralar o‘tkazadi, deyiladi Eron mudofaa vazirligi xabarida.

"Iroq mudofaa vazirining Tehronga tashrifi davomida Eron hamda Iroq o‘rtasida mudofaa sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzolash rejalashtirilgan", - deyiladi mudofaa vazirligi saytida e'lon qilingan bayonotda.

Al-Xayoliy Tehronga Eron mudofaa vazirligi rahbarining rasmiy taklifiga ko‘ra tashrif buyurdi. Iroqlik vazirning tashrifidan ko‘zlangan asosiy maqsad – Tehron va Bag‘dod o‘rtasida mudofaa sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish.