22:21 / 22.07.2017
7466

Premier League Asia Trophy. "Liverpul" finalda "Lester"ni mag‘lub etdi

Hongkongda bo‘lib o‘tgan Premier League Asia Trophy musobaqasi finalida "Lester" hamda "Liverpul" kuch sinashdi. Uchrashuvda "Liverpul" kichik ustunlik bilan g‘alaba qozondi. 

12-daqiqada Slimani hisobni ochib, "Lester"ni oldinga olib chiqdi. Oradan 8 daqiqa o‘tgach, Saloh hisobni tenglashtirdi. Mersisaydliklarga g‘alaba keltirgan gol 44-daqiqada Koutino tomonidan kiritildi. 

Final

Lester – Liverpul – 1:2 (1:2)
Gollar: 1:0 – Slimani (12), 1:1 – Salax (20), 1:2 – Koutino (44).
LeSTeR: Shmeyxel, Makguyar, Morgan (Benaluan, 77), Djyeyms (Ndidi, 56), Fuks, Drinkuoter (Iborra), Amarti (Simpson, 46), Olbrayton (Lourens, 46), Marez (Musa, 65), Slimani (King, 46), Vardi (Uloa, 66).
LIVeRPUL: Karius, Aleksander-Arnold (Gomes, 56), Matip (Klavan, 46), Lovren (Flenagan, 84), Milner (Moreno, 41), Veynaldum (Solanke, 65), Lallana (Xenderson, 46), Salax (Kent, 65), Koutino (Vudbern, 56), Firmino (Gruyich, 46), Origi (Starridj, 46).

3-o‘rin uchun kechgan bahsda "Vest Bromvich" hamda "Kristal Pelas" kuch sinashdi. O‘yin 0:2 hisobida "Kristal Pelas" foydasiga hal bo‘ldi. 

12-daqiqada Milivoyevich hisobni ochgan bo‘lsa, 43-daqiqada Sako hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi. 

3-o‘rin uchun uchrashuv 

Vest Bromvich – Kristal Pelas – 0:2 (0:2)
Gollar: 0:1 – Milivoyevich (12), 0:2 – B.Sako (43).
VBA: Foster, Douson, Nom, Xegazi, Evans (Yakob, 24), Livermor (Fild, 67), Shadli (Roberts, 74), Fillips, Brant (Uilson, 61), Rodriges (Leko, 61), Rondon (Makklin, 61).
KRISTAL PELAS: Xennessi (Speroni, 46) Kelli, Dileyni (Kabay, 60), Taunsend (Van-Bissaka, 75), Milivoyevich (Tomkins, 60), Loftus-Chik (Uord, 46), Panchon (Uilyams, 75), Shlupp (van Anxolt, 46), Zaa (Kirbi, 68), B.Sako (Fillips, 60), Benteke (Ladapo, 75).

Top