08:01 / 22.07.2017
11392

Tramp Eronni jiddiy oqibatlar bilan qo‘rqitmoqda

Foto: AP

AQSh prezidenti Donald Tramp Eron qo‘lga olingan amerikalik fuqarolarni topshirmasa, “jiddiy oqibatlarga” duch kelishi haqida ma'lum qildi. Bu haqda Reuters Oq uy matbuot xizmatiga asosan xabar bermoqda.

“Prezident Tramp, Eron adolatsiz tarzda qo‘lga olingan amerikalik fuqarolarni ozod etib, qaytarmasa, ushbu davlatga jiddiy oqibatlarni ta'minlash haqida ma'lum qildi”, - deyiladi bayonotda.

Xususan, Tramp Eronda 10 yil muqaddam izsiz g‘oyib bo‘lgan huquq-tartibot idoralarining sobiq xodimi Robert Levinsonni qaytarishni talab qildi. Shuningdek, u Tehronni tadbirkorlar Siamak hamda Bakir Namoziylarni qo‘yib yuborishga chaqirdi.

Avvalroq AQSh davlat departamenti Eron hamon terrorizmni dastaklayotgan bosh homiy-davlatligicha qolayotganini ma'lum qilgandi.

Top