21:00 / 23.07.2017
26803

Bosh hakam o‘yin vaqtida futbolchini o‘limdan saqlab qoldi

Argentina chempionatining «San-Migel» va «Defensores Unidos» uchrashuvi bosh hakami futbolchilardan birining hayotini saqlab qoldi, deb yozmoqda Ole.

Futbolchi Isais Olariage raqib futbolchisi bilan to‘qnashib ketgan va yerga qulab hushidan ketgan. Buni sezgan hakam Yael Falkon zudlik bilan unga birinchi yordamni ko‘rsatgan.

Arbitrning so‘zlariga ko‘ra, u futbolchining tilini ushlab qolishga uringan. Chunki aynan shu ish uning o‘limiga sabab bo‘lishi mumkinligini sezgan.

Birinchi yordamdan so‘ng futbolchi kasalxonaga yetkazilgan. Shifokorlarning aytishicha, Olariagega hakam ko‘rsatgan yordam tufayli uning hayoti saqlab qolingan.

Top