Turkiya prezidenti Fors ko‘rfazining uch davlatiga uyushtiradigan tashrifidan avval matbuot anjumani o‘tkazdi, deb xabar beradi Anadolu axborot agentligi.

Turkiyaning Fors ko‘rfazidagi do‘stona davlatlar bilan munosabatlarida muammo va murakkabliklar bo‘lishini qabul qilish qiyin, deb hisoblaydi, degan prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Fors ko‘rfazining uch davlatiga uyushtiradigan tashrifidan avval o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Turne davomida Turkiya davlat rahbari avval Saudiya Arabistonida to‘xtaydi, keyin Kuvayt va Qatarga yo‘l oladi. 

Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, Anqara mintaqada sodir bo‘layotgan so‘nggi voqealarda chuqur taassufda. 

«Bugungi kunda butun dunyo musulmonlari birlik va hamjihatlikka avvalgilardan ham ko‘ra ko‘proq muhtoj bo‘lib turibdi. Suriya, Iroq, Liviya va Falastin xalqlarining tortayotgan azoblarini barchamiz ko‘rib turibmiz»,  deya ta'kidlagan prezident, islom dunyosidagi mavjud muammolarga yanada yangilari qo‘shilayotganidan chuqur afsusda ekanini izhor etib.

«Bunga misol qilib Qudsi sharifdagi Al-Aqso masjidi atrofidagi voqealarni keltirish mumkin. Keyingi kunlarda Al-Aqso masjidi bilan bog‘liq hurmatsizlik islom dunyosida chuqur tashvish keltirib chiqarmoqda», — degan Erdo‘g‘an.

Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning ta'kidiga ko‘ra, Qudsdagi Al-Aqso masjidi nafaqat Falastin xalqining, balki 1,7 milliard musulmonning ham muqaddas dargohi va sha'ni hisoblanadi. «Musulmon dunyosi ushbu masjidga nisbatan joriy etilgan cheklovlarga indamasdan qarab tura olmaydi. Turkiya ham bu voqealarga keskin munosabat bildirdi», — degan prezident.

Turkiya prezidentining qayd etishicha, Qudsda huquqlarning toptalishi musulmonlar tomonidan noqonuniy harakatlarni boshlash uchun asos bo‘lmasligi kerak.

«Isroilning xatti-harakatlariga reaksiya mutanosib va qonunga muvofiq bo‘lmog‘i lozim. Islom bizni e'tiqod erkinligi va barcha din vakillarini hurmat qilishga chorlaydi. Shu sababli biz Qudsdagi, shu jumladan Al-Aqso masjidi atrofidagi tarang vaziyat tezroq yumshashi uchun qo‘ldan kelgan barcha imkonni ishga solamiz»,  degan Turkiya yetakchisi.

Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) ning amaldagi rahbari sifatida Erdo‘g‘an Isroilni «tarixiy an'analar va inson haqlari»ni hurmat qilishga chaqirdi.

«Mintaqada keskinlik yanada tarqalishining oldini olish kerak. Turkiya har doimgidek mintaqada tinchlik barqaror bo‘lishiga o‘z hissasini qo‘shishga intiladi va birodar-falastinliklarning kurashini qo‘llab-quvvatlashga tayyor»,  deya ta'kidlagan prezident.