10:45 / 23.07.2017
13943

Makron fransuzlar ishonchini yo‘qotmoqda

Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning mamlakat aholisi orasidagi nufuzi darajasi bir oy ichida 10 foizga pastlagan, bu esa tarixdagi eng yomon ko‘rsatkichlardan biridir. Ifop tomonidan Journal du Dimanche haftanomasi buyurtmasiga binoan o‘tkazilgan so‘rov natijalari shunday xulosa bermoqda.

Qayd etilishicha, iyul oyida Makronga bo‘lgan ishonch darajasi 54 foizlik ko‘rsatkichni qayd etgan, iyun oyida Makronning reytingi 64 foizni tashkil qilgandi. Hisobotda aytilishicha, bunday natijalar mudofaa byudjyeti bilan bog‘liq mojarolar, shuningdek, aholi o‘rtasida saylovoldi va'dalari bajarmasligidan xavfsirash yuzaga kelgani tufaylidir.

Nashrning qayd etishicha, bu prezidentga ishonch borasida 1995 yilda Jak Shirak bilan bo‘lgan natijadan keyingi eng chuqur pastlashdir.

Xabar qilinishicha, ko‘plab respondentlar Fransiya armiyasining bosh shtabi boshlig‘i Per de Vile Makron bilan kelisha olmasdan iste'foga chiqqani uchun prezidentni tanqid qilishmoqda.

Fransiya bosh shtabi boshlig‘i Makron bilan kelisha olmagani tufayli iste'foga chiqdi

Mavzuga oid
Top