10:15 / 23.07.2017
10574

Suriya armiyasi Frotning janubiy qirg‘og‘iga chiqdi

Suriya armiyasi va ko‘ngilli harbiylardan iborat otryadlar IShIDga qarshi harbiy harakatlarni davom ettirib, Frot daryosining janubiy qirg‘og‘ini egalladi. Bu haqda Al Masdar agentligi xabar tarqatdi.

Yurish davomida Sabxavi gaz konlari joylashgan Daxil va Es-Sabxi qishloqlari ozod etilgan. Shu tariqa, suriyalik harbiylar IShID nazoratida bo‘lib turgan, Frotning o‘ng qirg‘og‘ida joylashgan Dayr-ez-Zor shahriga tomon harakat boshlashi mumkin bo‘ldi.

O‘tgan haftada Suriya armiyasi Raqqa janubida gaz konlari joylashgan hududlarni, El-Xalaa va Zamlani IShIDdan qaytarib olgandi. Suriya armiyasi harbiy amaliyotlar doirasida  Al-Fahd hududida joylashgan neft quduqlari ustidan nazorat o‘rnatgan.

Top