10:00 / 23.07.2017
39959

O‘zbekiston harbiylari Xalqaro armiya o‘yinlarida ishtirok etish uchun Xitoyga yetib bordi

Foto: Sputnik

 Rossiya Mudofaa vazirligi axborot departamenti bergan ma'lumotga ko‘ra, «ArMI-2017» Xitoy shimoli-g‘arbidagi «Korla» poligonida, shuningdek, shimoli-sharqdagi Tszilin provinsiyasida hamda Xitoy markazidagi Xubey viloyatida joylashgan poligonda o‘tkaziladi.

«Korla» poligonida Xalqaro armiya o‘yinlarining 4 tanlovi o‘tkaziladi: «Xavfsiz o‘rtaliq» «Qurolsoz usta», «Musaffo osmon» va «Suvorov shiddati».

Bu o‘yinlarda Xitoy harbiylaridan tashqari Rossiya, Qozog‘iston, Eron, Angola, Venesuela, Zimbabve, Misr, Belarus va O‘zbekiston harbiylari qatnashadi.

Aniqlik kiritilishicha, O‘zbekiston va Eronning artilleriya va tank qismlarining ta'mirlash bo‘limlari xalqaro musobaqalarda ilk bor ishtirok etishadi. 

Xalqaro armiya o‘yinlari 14 kun davomida - 29 iyuldan 12 avgustgacha Rossiya, Belarus, Ozarboyjon, Qozog‘iston va Xitoyning 22ta poligonida bo‘lib o‘tadi.

Top