Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tadbirkorlik sub'yektlariga davlat xizmatlari körsatişni takomillaştiriş maqsadida yangi qaror loyihasini tayyorlamoqda. Uning loyihasi normativ huquqiy hujjatlarning muhokamasi portaliga joylangan.
Unga köra, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 28 sentabrdagi PQ-2412 sonli «Tadbirkorlik sub'yektlariga “yagona darça” qoidasi orqali körsatiladigan davlat xizmatlarini yanada takomillaştiriş çoralari töğrisida»gi qarori bilan tasdiqlangan faqat “yagona darça” qoidasi orqali tadbirkorlik sub'yektlariga körsatiladigan davlat xizmatlari röyxatiga qöşimça kiritiş nazarda tutilmoqda.
Taklif etilayotgan 17-bandga muvofiq, elektron raqamli imzolarni röyxatdan ötkaziş va elektron raqamli imzolar sertifikatlarini taqdim etiş “yagona darça” faoliyati doirasiga kiritiladi.
Bunda elektron raqamli imzo Davlat soliq qömitasi huzuridagi röyxatga oliş Markazida qayd etiladi.

















