18:51 / 24.07.2017
11565

Tojikistonda ortiqcha vaznga ega militsionerlar bilan kurash avj oldi, qator xodimlar ishdan haydaldi

Foto: Fotolia

Tojikiston IIVdan 20 nafar militsioner ortiqcha vazn sabab ishdan bo‘shatildi. Bu haqda respublika ichki ishlar vaziri Ramazon Rahimzoda Hamro xabar bergan.

«Jismoniy ko‘rsatkichlari kuch tuzilmasi talablariga to‘g‘ri kelmaydigan xodimlar borligi ma'lum bo‘ldi. Biz ularni ishdan bo‘shatdik», - deya vazirning so‘zlaridan iqtibos keltirgan Sputnik Tojikiston.

Biroq, huquqni muhofaza qilish idoralarining bir necha xodimi ogohlantirishdan so‘ng ozishga muvaffaq bo‘lgan.

«Yetti xodim tegishli jarayondan o‘tkazilgach, lavozimlarga tayinlandi. Ular ishlashda davom etmoqda», - deya ta'kidlab o‘tgan militsiya generali.

Tojikiston IIV rahbarining topshirig‘ini bajarish ustidan maxsus komissiya nazorat o‘rnatdi. Xususan, respublikada militsiya xodimining bo‘yi 170 santimetr bo‘lgani holda vazni 75 kilogrammdan oshmasligi lozim.

Top