«Fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti to‘g‘risida» mavzusida jamoatchilik fikri ekspress-so‘rovi o‘tkazildi. Jamoatchilik fikrining ekspress-so‘roviga ko‘ra, mamlakat fuqarolarining mutlaq ko‘pchiligi 2016 yil 4 dekabrda saylangan mamlakat Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida O‘zbekistonda mamlakat hayotining barcha sohalarida ijobiy o‘zgarishlar yuz berganligiga qat'iy ishonadilar.
So‘rov ishtirokchilarining fikricha, davlat Rahbari barcha davlat hokimiyati organlarining muvofiqlashtirilgan holda samarali faoliyat yuritishini va hamjihatligini ta'minlamoqda, mamlakatda tinchlik, barqarorlik va xavfsizlikni saqlash bo‘yicha barcha zarur chora-tadbirlarni ko‘rib, mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilishga, xalqning farovonlik darajasini oshirishga qaratilgan rejalashtirilgan, samarali faoliyatni amalga oshirmoqda.
Ekspress-so‘rovning ko‘rsatishicha, o‘zbekistonliklarning mutlaq ko‘pchiligi – 89,7% Shavkat Mirziyoyevning davlat
rahbari lavozimidagi faoliyatini ijobiy baholaydi, fuqarolar mamlakat Prezidenti rahbarligida keyingi paytlarda O‘zbekistonda mamlakatni modernizatsiyalashga, davlat va jamiyat hayotini har tomonlama va jadal rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratishga, hayotning barcha sohalarini liberallashtirishga yo‘naltirilgan holda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi ijobiy o‘zgarishlarga, aholi turmushining darajasi va sifatini hamda fuqarolarning farovonligini oshirishga yordam beradi, deb hisoblaydilar.
1-rasm. Marhamat qilib aytingchi, 2016 yil 4 dekabrda davlat rahbari etib saylangan Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimidagi faoliyatini Siz qanday baholaysiz? (so‘ralganlar sonidan %larda)

So‘rov jarayonida aniqlandiki, 18-20 yoshdagi yoshlarning mutlaq ko‘pchiligi mamlakatda yuz berayotgan o‘zgarishlarga ijobiy yondashadilar hamda2016 yil 14 sentabrda «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida» qabul qilingan Qonunning ijobiy ta'sirini qayd qiladilar. Ekspress-so‘rovda ishtirok etgan yoshlar shuni qayd etdilarki, ular keyingi vaqtlarda sifatli va hammabop ta'limni ta'minlash, yoshlarning ishga joylashuvi va bandligi uchun sharoitlar yaratish, yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, yosh tadbirkorlar uchun munosib ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlar yaratish va ularni qo‘llab-quvvatlash masalalarida davlat va shaxsan Shavkat Mirziyoyev tomonidan ko‘rsatilayotgan madadni his qilmoqdalar.




















