19:27 / 25.07.2017
4661

AQSh Britaniya bilan yirik savdo kelishuviga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Foto: AFP

AQSh prezidenti Donald Trampning xabar berishicha, Qo‘shma Shtatlar Buyuk Britaniya bilan yirik savdo kelishuvi ustida ishlamoqda. Bu haqda u tvitterda yozgan.

«Buyuk Britaniya bilan yirik savdo kelishuvini imzolash ustida ishlamoqdamiz. Juda muhim kelishuvga aylanishi mumkin», - deya yozdi u.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, bu kelishuv yangi ish o‘rinlarini tashkil etishda yordam beradi. Shu bilan birga, Qo‘shma Shtatlar prezidentining ta'kidlashicha, Yevroittifoq AQShga nisbatan juda protektsionistik (biror davlatning o‘z milliy iqtisodiyotini chet el raqobatidan himoya qilishga qaratilgan siyosati) siyosat olib bormoqda. 

Tramp Britaniya bilan shunday kelishuv haqida Hamburgdagi G20 sammitida ma'lum qilgandi. O‘shanda ikki davlat bunga tez erishish niyatida ekaniga ishonch bildirilgandi.

Top