Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tsukerberg Maskning "oxirzamon" haqidagi so‘zlariga munosabat bildirdi
Facebook ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Mark Tsukerberg SpaceX va Tesla kompaniyalari asoschisi va rahbari Ilon Maskning sun'iy aql haqida bildirgan fikrlariga qo‘shilmadi. Mask sun'iy aqlni insoniyatga eng jiddiy tahdid deb baholagan edi. Tsukerberg bu haqda Facebook Live orqali jonli efirda to‘xtalib o‘tgan, deya xabar bermoqda CNBC telekanali.
Tsukerberg oxirzamon yaqinlashayotgani haqida taxminlarni mas'uliyatsizlik deb baholash barobarida sun'iy aqlning insoniyat kelajagida ijobiy o‘rin tutishini qayd etdi.
"Sun'iy aql kelgusida hayotimizni yanada yaxshiroq qiladi, oxirzamon yaqinlashayotganini aytish esa, juda ham mas'uliyatsizlikdir", — degan Tsukerberg. U foydalanuvchilardan birining SpaceX va Tesla rahbari so‘zlarini izohlashni so‘rashiga javoban shunday fikrlarni bildirdi.
Avvalroq Mask sun'iy aql kelgusida insoniyatga asosiy tahdid bo‘lib qolishini aytib, hukumatlarni bu sohada nazorat o‘rnatishga chaqirgan edi.
Mavzuga oid
08:30 / 08.06.2026
SSSRdan SpaceX'gacha: 68 yillik kosmik poyga qanday o‘zgardi?
08:17 / 01.06.2026
Mask: AQSh armiyasi Starlinkʼni kamikadze dronlarda qo‘llagan
07:48 / 24.05.2026
Toshkentda Tesla’ni yuqori tezlikda boshqargan haydovchiga chora ko‘rildi
08:55 / 23.05.2026