2017 yil 17-24 iyul kunlari Xalqaro Valyuta Jamg‘armasining Albert Yeger rahbarligidagi missiyasi Toshkentda bo‘ldi. Missiya iqtisodiy vaziyatni rivojlantirish va rasmiy davlat organlari ishlab chiqqan islohotlar rejalarini muhokama qilish maqsadida tashrif buyurdi. Missiya o‘z safarini yakunlashi munosabati bilan bayonot berdi.
«Missiya rasmiy davlat idoralarining Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan tasdiqlangan «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi» doirasida iqtisodiyotni isloh qilish bo‘yicha kompleks rejalarini ma'qullaydi. Ushbu rejalarni o‘z vaqtida va samarali amalga oshirish iqtisodiyotda sifatli ish o‘rinlari barpo etish va barqaror o‘sishni ta'minlaydi.
Missiya rasmiy idoralarning birinchi galda valyuta tizimini isloh qilish borasidagi rejalarini katta mamnuniyat bilan qarshiladi.
Valyuta kurslarining bir xillashtirilishi va valyuta zaxiralarini bozor qoidalari asosida taqsimlash uchun shart-sharoitlar barpo etish O‘zbekiston Markaziy bankiga barqarorlik hamda inflyatsiyani samarali boshqarish imkonini beruvchi pul-kredit siyosatiga o‘tishda qo‘l keladi. Bu islohot tashqi raqobatbardoshlikning oshishi, bevosita xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ichki zaxiralarni taqsimlashni takomillashtirish orqali yangi ish o‘rinlari barpo etish va iqtisodiy o‘sishga olib keladi. O‘zbekistonning sezilarli valyuta zaxiralari bu islohotni ishonch bilan o‘tkazish imkonini taqdim etadi.
Valyuta tizimini isloh qilish davlat korxonalari va davlat nazoratidagi banklarni qayta tashkil qilish, xalqaro savdo va bevosita xorijiy sarmoyalarni jalb etishga imkon bermayotgan omillarni yo‘qotish, ish o‘rinlari tashkil etishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan kompaniyalar, ayniqsa kichik va o‘rta korxonalarning amaliy tarqatish qiymatlarini asossiz ravishda oshib ketishiga sabab bo‘layotgan qonunlar, qarorlar va boshqa jarayonlarni tartibga solish zarur.
XVJ qo‘shimcha texnik yordam berishga va rasmiy davlat organlari tomonidan tayyorlangan islohotlar rejasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida iqtisodiy siyosat masalalarida tavsiyalar taqdim etishga tayyor.
Islohotlarni pul massasi va kreditning tez sur'atlarda o‘sishi tufayli vujudga keluvchi inflyatsiya bosimi sharoitida o‘tkazishga to‘g‘ri keladi. Shu munosabat bilan missiya O‘zbekiston Markaziy bankining pul-kredit siyosatiga qat'iy tus berib, qayta moliyalash stavksini 9 foizdan 14 foizga oshirganini qo‘llab-quvvatlaydi.















