14:02 / 25.07.2017
5788

Microsoft Paint saqlanib qolinishini xabar berdi

Amerikaning Microsoft korporatsiyasi avval eskirgan sifatida tan olingan Paint grafik dasturini saqlab qolishga va'da berdi. Bu haqda kompaniya blogida aytildi.

«Paint hech qayerga yo‘q bo‘lmaydi», - deyiladi xabarda.

Ta'kidlanishicha, dasturni Windows Store’da bepul yuklab olish imkoni yaratiladi.

Shuningdek, foydalanuvchilarga Paint 3D dasturi taqdim etiladi, uni ham bepul yuklab olish mumkin bo‘ladi.

Avvalroq Microsoft 32 yildan beri ishlatilayotgan Paint ilovasini qo‘llashni bas qilishi ma'lum qilingandi.

Mavzuga oid
Top