22:21 / 26.07.2017
12685

Haydovchi bosib olgan shisha idish bolaning jarohat olishiga sabab bo‘ldi

Xitoyda yo‘l harakati xavfsizligi kamerasi yo‘lda yotgan shisha idish chetga otilib, bir bolaning boshiga tekkanini qayd qilgan.

Baxtsiz hodisa Xitoyning Guychjou viloyatida yuz bergan. Suratga olingan kadrlarda yo‘lda bo‘sh shisha yotganini, burilishdan oq mikroavtobus chiqib, uncha katta bo‘lmagan tezlikda shisha idishni bosib olganini ko‘rish mumkin.

So‘ngra shisha idish ikki bola turgan tomonga otilib ketgan. Shisha idish bolalardan birining boshiga borib tekkan. Baxtli tasodif bolaga uncha jiddiy jarohat yetmagan, u  faqat mayda jarohatlar bilan qutulib qolgan. 

Top