00:44 / 26.07.2017
8429

Fransiya ekologiya vaziri parlamentdagi chiqishi vaqtida hushini yo‘qotdi

Fransiya ekologiya vaziri Nikolya Yulo 25 iyulda Fransiya milliy yig‘inidagi nutqi vaqtida hushini yo‘qotdi. Bu haqda AFP axborot agentligi xabar bermoqda

Vazir nutqi oldidan deputatlarni issig‘i borligi va o‘zini yomon his qilayotganidan ogohlantirgan. Keyinroq uni ahvoli yomonlashgan. Vazir parlament quyi palatasi binosidagi ishchi xonaga olib ketilgan. Birozdan keyin uning nutqi keyinroqqa ko‘chirilgani e'lon qilingan.

62 yoshli Yulo atoqli ekolog va telejurnalist hisoblanadi, u ko‘p yillar davomida fransuzlar orasida eng mashhur jamoat arboblari reytingining yuqori pog‘onasini egallagan. Yuloni ekologiya vaziri bo‘lishga Fransiyaning sobiq prezidentlari Jak Shirak, Nikolya Sarkozi va Fransua Olland taklif qilganlar. Biroq Yulo har gal rad javobini bergan. U Fransiya hukumati tarkibiga Emmanyuel Makron vaqtidagina kirishga qaror qilgan. 

 

Top