12:28 / 26.07.2017
10376

Qozog‘iston ta'lim vaziri: lotin alifbosiga ehtiyotkorlik bilan o‘tish lozim

Qozog‘iston ta'lim va ilm-fan vaziri Yerlan Sagadiyevning fikricha, kirilldan lotin alifbosiga juda ehtiyotkorlik bilan o‘tish lozim, yangi alifbo esa barchani qoniqtirishi hamda keng muhokamadan so‘ng qabul qilinishi kerak.

Yerlan Sagadiyev

"Lotin alifbosiga o‘tishga keladigan bo‘lsak, bu muhim loyiha. Bu yerda ehtiyot bo‘lish lozim, xato qilmaslik zarur. Joriy yilda qilish kerak bo‘ladigan yagona narsa - barchani qoniqtiruvchi alifboni qabul qilishdir", - dedi Sagadiyev hukumatdagi brifing davomida.

Uning ta'kidlashicha, alifboning bir necha variantini tayyorlash, “ularni muhokama qilib, qandaydir alifboni qabul qilish” kerak. “Keyin esa lotinga o‘tish bo‘yicha ish rejasini yo‘lga qo‘yish lozim. Bu borada maxsus komissiya tashkil etildi, u ishlamoqda”, - degan vazir.

Nazarboyev aprel oyi o‘rtalarida hukumatga qozoq tilidan lotin alifbosiga o‘tish grafigini tayyorlash vazifasini topshirdi. Prezidentning “Mustaqil Qozog‘iston” davlat gazetasidagi maqolasida eslatishicha, 2012 yilda “Qozog‘iston 2050” strategiyasida u lotin alifbosiga 2025 yilga qadar o‘tish rejalari haqida ma'lum qilgandi. Nazarboyevning keyinchalik aniqlik kiritishicha, 2017 yilning oxiriga qadar yangi qozoq alifbosi va grafikasining yagona standartini qabul qilish kerak.

Mavzuga oid
Top