08:21 / 26.07.2017
9689

Livan bosh vaziri IShIDga qarshi kurashda Putindan yordam so‘ramoqchi

Foto: Trend

Livan bosh vaziri Sa'd Haririy Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuv chog‘ida undan IShIDga qarshi kurashda yordam so‘ramoqchiligini ma'lum qildi. Haririy bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligiga bergan intervyusida aytib o‘tgan.   

Uning aytishicha, u 11 sentabrda Moskvaga tashrif buyuradi va safari davomida Putin bilan uchrashmoqchi. "Biz barchasini – Livandagi, mintaqadagi vaziyatni muhokama qilamiz. Biz undan IShIDga qarshi kurashda Livan armiyasiga yordam berishini so‘raymiz", deb aytgan Livan bosh vaziri. 

Haririy Putin bilan, shuningdek, Suriyadagi inqirozni muhokama qilmoqchi. U intervyu davomida Putinni "yaxshi do‘st", deb atagan. 

Top