O‘zbekiston | 13:10 / 26.07.2017
39361
1 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbekistonda defolt yuz bermaydi»

Xalqaro press-klubda jurnalist Komiljon Shamsiddinovning O‘zbekistonda defolt yuz berishi mumkin yoki yo‘qligi haqidagi savolga Markaziy bank raisining o‘rinbosari Saidkamol Xo‘jayev shunday javob berdi:

— O‘tkazilayotgan iqtisodiy islohotlar, o‘zgarishlar davrida zaxiramiz yetadimi-yo‘qmi, defolt yuz beradimi-yo‘qmi bunga yurtimizga kelgan Xalqaro valyuta jamg‘armasi vakillarining ta'kidi bilan javob bermoqchiman: ular ham O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyati, oltin-valyuta zaxiralari o‘tkazilayotgan islohotlarni samarali amalga oshirish uchun yetadi, deb ta'kidlab turishibdi. O‘zbekistonda defolt yuz bermaydi, deb qat'iy aytishim mumkin.

Mavzuga oid