Mo‘g‘uliston prezidenti Xaltmaagiyn Battulga offshor hisob raqamlari va mablag‘lariga ega bo‘lgan davlat xizmatchilari va siyosatchilari hamda ularga aloqador kishilarga murojaat qildi. U 49 kun ichida pullarini mamlakatga qaytarishga chaqirdi. Davlat rahbarining saytida ushbu bayonot matni e'lon qilindi.
"Men Mo‘g‘uliston prezidenti sifatida offshor hisob-raqamlari bor siyosatchilar, davlat xizmatchilari va ularga aloqador kishilarni mazkur hisob-raqamlarini yopib, mablag‘larini 24 iyuldan e'tiboran 49 kun ichida Mo‘g‘uliston bankiga o‘tkazishga chaqiraman. Bu talabni bajarishdan bosh tortgan shaxslarga nisbatan tergov ishlari boshlanadi, ular qonunchilikka muvofiq javobarlikka tortiladi", - deyiladi xabarda.
Prezident bayonotida aytilishicha, 2017 yilgacha mamlakatda offshor egalariga qarshi choralar bo‘yicha huquqiy me'yorlar bo‘lmagan.
Xalqaro jurnalistlik tekshiruvlari konsorsiumiga ko‘ra, Mo‘g‘ulistonning 49 nafar fuqarosi offshor hisob-raqamlariga ega.