15:40 / 26.07.2017
6146

Parij aeroportlari xususiylashtirilishi mumkin

Foto: AFP

Fransiya iqtisodiyot vazirligi Parijning Ruassi (Sharl de Goll) va Orli xalqaro aeroportini xususiylashtirish ssenariylari ustida ishlamoqda, deb xabar bermoqda BFM TV.

Aniqlik kiritilishicha, Vinci qurilish korporatsiyasi ehtimoliy xaridor sifatida chiqmoqda. U ayni damda aeroportlarni boshqaruvchi ADP kompaniyasida 8 foizlik aksiyalarga ega.

Telekanal ma'lumotiga ko‘ra, davlat paketini ADP’ga butunlay yoki qisman sotish ssenariylari ishlab chiqilmoqda. Davlat aksiyalar to‘plami (50,6 foiz) butunlay sotib yuboriladigan bo‘lsa, Fransiya hukumati 7 mlrd. yevro atrofida mablag‘ olishni mo‘ljallamoqda. Boshqa ssenariyga ko‘ra, davlat o‘z ulushini 30 foizga qadar kamaytirishi mumkin.

Xususiylashtirish jarayoni 2018 yilda amalga oshirilishi lozim. Davlatning aeroportlarda ulush saqlab qolishi bo‘yicha rasmiy rejalari sentabr oyidan avval ma'lum qilinmaydi.

 

Top