18:32 / 26.07.2017
23602

«Tashuvchi» 50 yoshga to‘ldi

Jyeyson Steytem model sifatida ish taklif etishganida o‘ttiz yoshdan oshgandi. U jinsilarni reklama qilish bilan shug‘ullandi. Bunga qadar esa u ko‘chada sotuvchi, suvga sakrash bo‘yicha Britaniya milliy jamoasi a'zosi bo‘lgan, jangovar san'atlar bilan jiddiy shug‘ullanib, ko‘cha teatrini o‘rgangan. 

Biroq, Steytem modellik biznesida uzoq vaqt qolmadi – uning ish beruvchisi (hamda bir vaqtning o‘zida Gay Richining «Qartalar, pullar, ikki to‘pponcha» filmining sarmoyadori) rejissyorga salohiyatli yigitni ko‘rikdan o‘tkazish taklifi bilan chiqdi. U to‘rt nafar yosh jinoyatchidan birining obrazini yaratdi. Shundan so‘ng Steytem Richi bilan hamkorlikni davom ettirib («Katta pul» komediyasi), Hollivud studiyalaridan taklif oldi, «Tashuvchi»dagi bosh roldan so‘ng esa jangari janridagi «yangi» qahramonlardan biriga aylandi. 

Hozirgi kunga kelib u qirqdan ortiq filmda suratga tushib ulgurdi, ular orasida «Tashuvchi»ning davomi, «Adrenalin»ning ikki qismi, «Forsaj»larning so‘nggi qismlari va Silvestr Stallonening «To‘xtatib bo‘lmaydiganlar»ning barcha uch qismi bor. 26 iyul kuni esa Jyeyson Steytem 50 yoshga to‘ldi.

«Mexanik: Tirilish» (2016) filmidan kadr

«Qartalar, pullar, ikki to‘pponcha» filmidan kadr (1998)

«Katta pul» filmidan kadr (2000)

«Tashuvchi» filmidan kadr (2002)

«Adrenalin» filmidan kadr (2006)

«Mexanik» filmidan kadr (2011)

«Kolibri effekti» filmidan kadr (2012)

«To‘xtatib bo‘lmaydiganlar-3» filmidan kadr (2014)

Aktyorlar Jyeyson Steytem va Harrison Ford 67-Kann kinofestivalida, 2014 yil

Jyeyson Steytem va uning mahbubasi Rouz Hantington-Uaytli

Mavzuga oid
Top