19:14 / 26.07.2017
17592

Video: «Bunyodkor» yangi futbolchilarini tanishtirdi

Foto: «Bunyodkor»

Bugun, 26 iyul kuni «Bunyodkor» stadioni hududidagi matbuot anjumanlari zalida klubning 7 nafar yangi futbolchilari rasman tanishtirildi.

Tanishtiruv marosimida «Bunyodkor» bosh direktori Murodjon Aliyev va bosh murabbiy Mirjalol Qosimov ishtirok etdi.

«Qaldirg‘ochlar» davralar oralig‘ida himoyachilar Anvar G‘ofurov («Obod»), Islomjon Qobilov («Metallurg»), hujumchilar Vohid Shodiyev («Qizilqum»), Shohruz Norxonov («Obod»), yarim himoyachilar Shohrux Gadoyev («Buxoro»), Sardor Sobirxo‘jayev («Sho‘rtan») hamda darvozabon Suhrob Sultonovni («Metallurg») o‘z safiga qo‘shib oldi.

Top