08:16 / 27.07.2017
6062

Avstriya kansleri Turkiyaning hech qachon Yevropa Ittifoqiga kira olmasligini aytdi 

Avstriya kansleri Kristian Kern Frankfurter Allgemeine Zeitung nashriga bergan intervyusida Turkiya hech qachon Yevropa Ittifoqiga kira olmasligini aytdi. 

"Yevropa Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga kirishini juda bo‘lmasa iqtisodiy sabablarga ko‘ra hazm qila olmaydi. Bu qanday ko‘rinishi kerak?", deb aytgan Kern.  

Uning aytishicha, Anqaraga u Yevropa Ittifoqiga kira olmasligi va unda a'zolikka umid qilmasligi kerakligi haqida aytish vaqti keldi. Kernning ta'kidlashicha, Turkiyada inson huquqlari buzilishi masalalari "barcha mumkin bo‘lgan chegaralardan o‘tib ketgan". 

Avvalroq Yevroparlament Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga kirishi bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatishni so‘ragandi.

Mavzuga oid
Top