20:20 / 27.07.2017
8995

Britaniya Janubiy Xitoy dengiziga ikkita eng yangi aviatashuvchi kemasini jo‘natmoqchi

foto: AFP 2017 / Andy Buchanan

Buyuk Britaniya kemalar qatnovi erkinligini ta'minlash bo‘yicha operatsiyani amalga oshirish uchun Janubiy Xitoy dengiziga ikkita eng yangi aviatashuvchi kemasini jo‘natishni rejalashtirmoqda. Bu haqda 27 iyulda Sidneydagi nutqida Britaniya tashqi ishlar vaziri Boris Jonson aytib o‘tdi.

"Biz ikkita ajoyib yangi aviatashuvchi kemalarimiz bilan qiladigan birinchi ish – ularni kemalar qatnovi  erkinligini ta'minlash operatsiyasini o‘tkazish uchun Janubiy Xitoy dengiziga jo‘natamiz", deb aytgan Jonson.

Uning aytishicha, britan kemalarining jo‘natilishidan maqsad "jahon savdosi uchun mutlaq zarur bo‘lgan bu suv hududlarida kemalar qatnovi erkinligi va xalqaro tizim qoidalariga asoslangan ishonchni tasdiqlashdan" iborat.

Xitoy va mintaqaning bir qator davlatlari – Yaponiya, Vetnam va Filippinda Janubiy Xitoy va Sharqiy Xitoy dengizlarida dengiz chegaralari va javobgarlik hududlari bo‘yicha ziddiyatlar mavjud. Xitoyning fikricha, Filippin va Vetnam ongli ravishda AQShning qo‘llab-quvvatlovini mintaqada keskinlikni qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘llaydi. 

Gaagadagi hakamlik sudining doimiy palatasi 2016 yil iyulda Filippinning da'vo arizasi bo‘yicha Xitoy Janubiy Xitoy dengizida hududiy e'tirozlar uchun asosga ega emasligi qarorini chiqargan. Sud Spratli arxipelagining bahsli hududlari orol hisoblanmasligi va iqtisodiy hududni tashkil qilmasligi qaroriga kelgan. Xitoy esa sudning bu qarorini tan olmagan.

Mavzuga oid
Top