Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Boris Jonsonning ma'lum qilishicha, qirollik Yevroittifoqdan chiqqanidan so‘ng Osiyo-Tinch okeani mintaqasida ancha faol siyosat olib borishni rejalashtirmoqda. Bu haqda AFP xabar bergan.
«Mintaqaga tashrifimning asosiy maqsadlaridan biri – endilikda biz Osiyo-Tinch okeani mintaqasi va Avstraliyaga ko‘proq e'tibor qaratish niyatida ekanligimizni bildirishdir», - degan u Avstraliya gazetasiga.
Tashqi siyosat idorasi rahbarining qayd etishicha, Buyuk Britaniya mintaqada o‘z qurolli kuchlarini joylashtirishi ham mumkin.










