21:45 / 27.07.2017
5542

Yevropa Ittifoqi Liviya suv hududlarida migratsiya operatsiyasini o‘tkazishga tayyor

foto: AFP 2017 / Taha Jawashi

Yevropa Ittifoqi Liviya suv hududlarida bu davlat hukumati taklifi va BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasiga muvofiq noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha harbiy-dengiz operatsiyasini o‘tkazishga tayyor, deb aytdi Yevrokomissiya vakili Karlos Martin.

26 iyulda Italiya bosh vaziri Paolo Jyentiloni Liviya Italiyadan harbiy-dengiz kuchlari kemalarini Liviya sohillariga muhojirlarni noqonuniy tashuvchilarga qarshi birgalikda kurashish uchun jo‘natishni so‘raganini ma'lum qilgan. Uning aytishicha, Liviya hukumatining ushbu iltimosi Italiya mudofaa vazirligi tomondan ko‘rib chiqilmoqda, hukumat bo‘lg‘usi qarorni parlament bilan baholamoqchi.

"Biz zarur shartlar bajarilishi bilan operatsiyaning keyingi bosqichiga o‘tishga tayyormiz. Bu Liviyaning qonuniy hukumati tomondan taklifni ko‘zda tutadi va biz BMT Xavfsizlik kengashining istalgan qo‘llanuvchi rezolyutsiyasini e'tiborga olamiz", deb aytgan Martin Liviya iltimosiga izoh berib. 

Yevropa Ittifoqi davlatlarining keyinroq "Sofiya" nomini olgan EUNAVFOR MED operatsiyasi 2015 yildan beri amal qilib keladi, uning asosiy vazifasi O‘rta yer dengizida odamlarni qutqarish va muhojirlarni noqonuniy tashishga qarshi kurashishdan iborat. 2016 yilda Yevropa Ittifoqi davlatlari tashqi ishlar vazirlari bu operatsiya mandatini kengaytirishga qaror qilib, unga ikkita qo‘shimcha vazifa qo‘shganlar: Liviya sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmati zobitlarini o‘qitish va BMT tomondan Liviyaga nisbatan kiritilgan qurol embargosini amalga oshirish. Yevropa Ittifoqi kengashi 2017 yil 25 iyulda liviyaliklarni o‘qitishni nazorat qilish mexanizmini ta'sis qildi va missiyaga Liviya neftining noqonuniy eksporti ortidan kuzatish huquqini berdi.

Harbiy-dengiz operatsiyasi dastlab 3 bosqichga bo‘lingan. Birinchisi xalqaro suv hududlarida muhojirlarni noqonuniy tashish haqidagi ma'lumotni yig‘ish uchun Yevropa Ittifoqi davlatlari kemalari va samolyotlari joylashtirilishiga taalluqli bo‘lgan. 2-bosqich xalqaro suv hududlarida bayroqsiz harakatlanayotgan shubhali kemalarni tekshirishni nazarda tutadi. Liviya suv hududlarida Yevropa Ittifoqi kemalari harakatlanishi ko‘zda tutilgan 3-bosqich uchun Liviya hukumati roziligi va BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasi talab qilinadi.

Mavzuga oid
Top