10:12 / 27.07.2017
6207

Xitoyda pichoq bilan qurollangan shaxsning hujumi tufayli uch kishi halok bo‘ldi

Foto: onenewspage.com

Xitoyning markaziy qismida pichoq bilan qurollangan erkakning hujumi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Associated Press politsiyaga asosan xabar qilmoqda.

Hodisa Uxan shahrida ro‘y bergan. 40 yoshli Vong Syan ofisdagi ish joyida o‘tirganida, hamkasblari bilan janjallashib qolgan.

Shundan so‘ng erkak pichoqni olib, binoning boshqa qismidagi odamlarga hujum qilgan. Hodisa natijasida uch kishi halok bo‘ldi, yana to‘rt nafari jarohatlandi.

Politsiya hujum qilgan shaxsga nisbatan qurol qo‘llagan, biroq uning holati haqida hech narsa ma'lum qilinmayapti.

Top