O‘zbekiston harbiy xizmatchilari Turkiyada tayyorgarlikdan o‘tadi

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
2017 yilning 26 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligida Turkiya Respublikasi Mudofaa vaziri Nurettin Janikli boshchiligidagi delegatsiyasining O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri Qobul Berdiyev bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Kun.uz’ga Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
So‘nggi yillarda harbiy va harbiy-texnik sohalardagi davlatlararo munosabatlarda ijobiy tendensiyalar ko‘zga tashlanmoqda. Turkiya Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy o‘quv muassasalari va markazlarida o‘tkaziladigan 12 ta tayyorgarlik kurslarida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarini 2018 yilda o‘qitishni tashkil qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Har ikki mamlakatning o‘zaro hamkorlik masalalari butun Markaziy Osiyo mintaqasining xavfsizligi va barqaror rivojlanishini ta'minlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
2017 yil iyunida «NUROL» kompaniyasining «EJDER 4x4» tipidagi yengil zirhli avtomobillarining O‘zbekiston sharoitidagi sinovlari muvaffaqiyatli o‘tdi. Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi ehtiyojlari uchun mazkur o‘nlab harbiy texnikalarni xarid qilish, shuningdek ularni Turkiya tomoni investitsiyalarini jalb qilgan holda O‘zbekiston hududida hamkorlikda ishlab chiqarish yoki qo‘shma korxona tashkil qilish masalalari ham ko‘rib chiqilmoqda.
O‘zbekiston va Turkiya mudofaa vazirliklari harbiy-ta'lim muassasalari professor-o‘qituvchilari tarkibining o‘zaro tajriba va bilim almashishlarini amalga oshirish maqsadida tomonlar harbiy ta'lim sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi hukumatlararo bayonoti loyihasini ishlab chiqmoqda. Harbiy-texnik sohadagi ikki tomonlama o‘zaro munosabatlarga to‘xtalganda, avvalo, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari ehtiyojlari uchun qurol-yarog‘ va harbiy-texnik mulk xarid qilish maqsadida grant vositalarini taqdim etish amaliyotining qayta tiklanayotganini ta'kidlash joiz.
Uchrashuv davomida tomonlar har ikki davlatning mudofaa idoralari o‘rtasida do‘stona, uzoq muddatli va ochiq munosabatlar mavjudligini ta'kidlab o‘tdilar hamda mintaqada tinchlik va barqarorlikni saqlash, ikki mamlakat xalqlarining manfaatlarini ko‘zlovchi o‘zaro hamkorlik va ishonchni yanada mustahkamlash yo‘lidagi faol amaliy muloqot bundan buyon ham rivojlanishiga ishonch bildirdilar.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Meksika Google korporatsiyasini sudga berdi
Jahon | 00:27
-
“Harvard bu raundni yutdi”: universitet AQSh ta’lim vazirining xatolarga to‘la xatini tekshirib, o‘ziga qaytarib yubordi
Jahon | 00:01
-
Britaniyada uchuvchi o‘ng va chapni adashtirib yuborgani uchun samolyotda yong‘in chiqdi
Jahon | 23:57 / 09.05.2025
-
Tramp boylar uchun soliqni oshirish taklifini berdi
Jahon | 23:06 / 09.05.2025
Mavzuga oid

19:46 / 04.05.2025
Turkiya muxolifati yetakchisi Istanbulda hujumga uchradi - video

12:40 / 01.05.2025
YeI yangi mudofaa loyihalariga qariyb 1 milliard yevro sarflaydi

12:15 / 01.05.2025
Yevropa Ittifoqining 16 davlati mudofaa xarajatlarini oshirmoqchi

18:20 / 28.04.2025