Qozog‘istonning Olmaota viloyatida Yak-12 samolyoti quladi, uning bortida ikki kishi bo‘lgan, deb xabar bermoqda RIA «Novosti» respublika investitsiyalar hamda rivojlanish bo‘yicha vazirligining fuqarolik aviatsiyasi qo‘mitasiga asosan.
Ta'kidlanishicha, «Kazavia» aviakompaniyasi samolyoti Jarkentdan 10 kilometr shimolda joylashgan Sho‘lakay qishlog‘i yaqinida qulagan.
Hodisa natijasida ikki kishi halok bo‘ldi. Ro‘y bergan voqea yuzasidan tergov boshlandi.










