Rossiya bosh prokurori birinchi o‘rinbosari Aleksandr Buksmanning ma'lum qilishicha, kuch tuzilmalari 2017 yilning birinchi yarim yilligida mamlakat hududida 12 ta teraktning oldini olishdi. Bu haqda «Gazeta.ru» xabar bermoqda.
«13 ta terrorchilik akti ro‘yxatga olindi, ulardan 12 tasi tayyorgarlik ko‘rish hamda suiqasd qilish jarayonida oldi olindi», - dedi u.
Ta'kidlanishicha, Sankt-Peterburg metrosida teraktning oldini olishning uddasidan chiqilmagan. U 3 aprel kuni yuz bergan bo‘lib, 16 kishining hayotiga zomin bo‘lgandi.











