Saakashvili Ukrainaga qaytishga erishishini aytdi
26 iyulda Ukraina fuqaroligidan mahrum etilgan, Gruziyaning sobiq prezidenti va Ukrainaning Odessa viloyatining sobiq gubernatori Mixail Saakashvili Ukrainaga qaytish qonuniy huquqi uchun kurashishini aytdi.
26 iyulda Ukraina migratsiya xizmati Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Saakashvilini fuqarolikdan mahrum qilganini ma'lum qilgandi. Avvalroq Saakashvili Gruziya fuqaroligini yo‘qotgandan keyin unda Ukraina fuqaroligidan boshqa fuqaroligi yo‘qligini aytgandi.
"Men Ukrainada 13 yildan ko‘proq yashayman, uchta inqilobda ishtirok etganman: granitdagi va ikki maydondagi inqiloblarda. Menda faqat bitta fuqarolik – Ukraina fuqaroligi mavjud va ular meni undan mahrum qila olmaydilar. Hozir meni qochqin maqomini olishga majbur qilishmoqchi. Bu yuz bermaydi. Men hech qayerda qolishni va hech qanday maqom olishni istamayapman. Men Ukrainaga qaytish qonuniy huquqim uchun erishaman", deb yozgan Saakashvili Facebook’dagi sahifasida.
Uning ta'kidlashicha, u hozirgi Ukraina deputatlarining aksariyatidan ko‘proq ukrain hisoblanadi va "hech narsaga qaramasdan, bu yerda, Ukrainada kurashni" davom ettiradi.
2013 yil noyabrda Saakashvili Gruziyani yangi prezident o‘z lavozimiga kirishgandan keyin tark etgandi. Gruziya bosh prokuraturasi unga bir nechta jinoiy ish bo‘yicha sirtdan ayblovlar e'lon qilgan.
2015 yilda Poroshenko Saakashviliga Ukraina fuqaroligini bergan hamda uning Odessa viloyati gubernatori etib tayinlashi haqidagi farmonni imzolagan. 2016 yil noyabrda Saakashvili Ukraina hukumati korrupsiyaga qarshi kurashishni istamayotganini aytib, bu lavozimdan iste'foga ketgan.
Mavzuga oid
21:03 / 25.11.2024
Saakashvili: «Gurjistonda diktatura o‘rnatildi»
11:45 / 06.10.2024
“Atirgul inqilobi”dan hibsxonagacha – Mixail Saakashvili kim edi?
12:21 / 14.08.2024
Gurjistonda sobiq prezident 2008 yilgi urushda ayblandi
22:38 / 06.08.2024