07:54 / 27.07.2017
3899

Tillerson AQSh Davlat departamentidan ketishni rejalashtirmayapti

Foto: RIA "Novosti"

AQSh davlat kotibi Reks Tillersonning ma'lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlar davlat kotibi lavozimini tark etish niyatida emas, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti».

«Men Davlat departamentidan hech qayerga ketishni rejalashtirayotganim yo‘q», - deya ma'lum qildi u.

Shuningdek, uning ta'kidlashicha, Davlat departamentida ancha vaqt qolish niyatida. U AQSh prezidenti Donald Tramp bilan o‘zaro munosabatlarini «yaxshi» deb baholagan.

Avvalroq CNN telekanali AQSh davlat kotibi iste'foga chiqmoqchi ekani haqida xabar bergandi.

Mavzuga oid
Top