23:24 / 27.07.2017
43961

O‘zbekiston xalq artisti Husan Sharipov 80 yoshda!

Taniqli san'atkor, iste'dodli aktyor, komik rollar ustasi Husan Sharipov 1937 yilning 27 iyulida Toshkentda tavallud topgan.

1963 yili Toshkent davlat teatr-rassomchilik institutini tamomlagan. 1959 -- 1991 yillarda Muqimiy teatri aktyori, 1986 -- 1987 yillarda mazkur teatr direktori bo‘lib ishlagan. 1995 -- 1997 yillarda esa O‘zbekiston teatr arboblari uyushmasi raisi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

1991 yildan e'tiboran O‘zbekiston xalq artisti. 1999 yili "Mehnat shuhrati" ordeni bilan taqdirlangan.

Husan Sharipov teatr, kino va TVda ijro etgan yuzlab rollari bilan xalqqa tanilgan. Jumladan, "Vodillik kelin", "Suyunchi", "Bomba", "Tangalik bolalar", "Kelinlar qo‘zg‘oloni", "Chinor ostidagi duel" filmlaridagi qahramonlari mashhur bo‘lib ketgan.

Husan Sharipovni, ayniqsa, "Televizion miniatyuralar teatri" yanada mashhur qilib yubordi. Hozircha esa so‘nggi rollaridan biri "Jiblajibon" yumoristik serialida ijro etildi.

Xalqimizning sevimli aktyori Husan Sharipovga uzoq umr tilaymiz.

Anvar Namozov

Mavzuga oid
Top