18:40 / 28.07.2017
45537

Millionerlar kayf-safo og‘ushidami: ularning hayoti haqidagi 5 ta afsona

Ular dunyoga kelganidan yegani oldida, yemagani ketida, qiyinchilik ko‘rmay, hayotning achchiq-chuchugini tatimay katta bo‘lishgan, degan xato tasavvur bor. Hattoki, ular bolaligida qambag‘al bo‘lishgan bo‘lsa ham, boylikka firibgarlik yo‘li bilan yoki turli aloqalari vositasida osongina erishgan, degan fikrlar ham ustun. Ha, ko‘pchilik boy-badavlat kishilar haqida shunday o‘yda ekani sir emas. Bugungi kunda milliarderlardan biri dunyoning eng qudratli davlatining prezidenti bo‘lib turgan, boylar va kambag‘allar orasidagi farq sezilarli ravishda o‘zgarib borayotgan bir vaqtda bu afsonani rost deb o‘ylash ham mumkin. Ammo, aslida bu tamoman boshqacha. Demak, quyida boylar haqidagi ayrim tasavvurlarni haqiqiy hayotdagi ahvol bilan solishtiramiz. 

1. Ular hasham va dabdaba og‘ushida

Agar kimdir boy ko‘rinsa, bilingki, uning ishlari har doim ham silliq ketavermaydi. «Millioner qo‘shni» kitobi mualliflari Stenli Tomas va Danko Uilyamning aniqlashicha, 1 mln dollardan ortiq mablag‘i bor aksariyat millionerlar o‘rtahol toifa yashaydigan tumanlarni ma'qul ko‘rishadi va o‘zlarining boyligini bildiruvchi xaridlarni amalga oshirishdan yiroq bo‘lishadi. 

2. Hammasi pulga bog‘liq, baxtiyorlik ham

Daromadlarning ko‘pligi insonni ma'lum bir lahzagacha baxtiyor qiladi. Shundan so‘ng, yoqtirgan ishingizni bajarish uchun yetarli mablag‘ni to‘plagach, moliyaviy tomonini o‘ylamay qo‘yasiz. Pulingiz ko‘payishi sizni xursand qilmay qo‘yadi. Ha, boylar haqiqatdan ham baxtli ko‘rinishadi, ammo bu puli ko‘pligidan emas, balki sevimli ishi bilan shug‘ullanayotganidan yoki shunchaki bo‘sh vaqti ko‘proqligidandir. 

3. Ular tayyorga ayyor, boylikni meros olishgan

Albatta, pulning manbai diqqatga sazovor narsa. Ammo, hamma narsani hal etmaydi. Dunyodagi 2170 milliarder boyligini qaytarzda to‘plaganini o‘rgangan Wealth-X tadqiqot kompaniyasiga ko‘ra, ularning 60 foizi pullarini mustaqil ravishda ishlab topgan va faqat 20 foizi boylikni meros olgan. 

4. Milliarderlar og‘ir ishda ishlamaydi

Tomas Korelli boylarning odatlarini o‘rganishga 5 yil umrini sarfladi. Uning aniqlashicha, to‘liq ish kuni ishlaydigan, haftasiga 50 yoki undan ko‘p soat ishlaydiganlar orasida boylarning 86 foizi, qashshoqlarning 57 foizi bor. Bunda, boylarning 67 foizi bir kunda bir soatdan kamroq televizor ko‘rgan. Qashshoq kishilarning 77 foizi kuniga bir soatdan ko‘p televizor ko‘rgani ma'lum bo‘lgan. Bu borada Tesla rahbarining hayotiga oid ayrim ma'lumotlar asqatadi. SpaceX asoschisi Ilon Mask faoliyati boshida haftasiga 100 soatdan ishlagan, keyinchalik u bu miqdorni haftasiga «80−90 soat»ga tushirgan.

5. Ular kasodga uchramaydi

Boylar haqidagi noto‘g‘ri tasavvurlardan yana biri ularning hech qachonga kasodga uchramasligi to‘g‘risidagi o‘ydir. Agar siz daromaddan xarajatni ko‘paytirib yuborsangiz, noaniq sarmoyalar kiritsangiz kasodga uchraysiz. Bu boylar va kambag‘allarga ham birdek tegishli bo‘lgan qoida. Shuning uchun ham Xose Kanseko, Mayk Tayson, Mark Tven va boshqa muvaffaqiyatli tadbirkorlar hisoblangan Uolt Disney, Henri Ford va bir vaqtlar o‘z kazinosini kasodga uchratgan Donald Tramp ham kasodga uchraganliklarini e'lon qilishgan. 

Mavzuga oid
Top