22:12 / 28.07.2017
19616

Neymar transfer ishlari sabab Xitoy safarini bekor qildi, «Barselona» uning o‘rniga yangi nomzod topdi

Kataloniyaning «Barselona» klubi hujumchisi Neymar Fransiyaning «PSJ» klubiga o‘tishi bo‘yicha masalalarga oydinlik kiritib olish uchun Xitoyga mo‘ljallangan tadbirni bekor qildi, deb yozmoqda Reuters axborot agentligi.

Manba bergan xabarlarga ko‘ra, Xitoyning Ctrip turistik operatori o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida 25 yoshli futbolchining Nike tashkil etadigan tadbirga kela olmasligini ma'lum qilgan. Bu paytda u transfer ishlari bilan band bo‘lishi aytilgan. Tadbir dushanba kuni Xitoyning Shanghay shahrida bo‘lib o‘tishi lozim edi.

Bu paytga kelib, «Barselona» Neymarning o‘rniga yangi futbolchi qidirishda davom etmoqda. Endilikda kataloniyaliklar Neymar transferiga qo‘shimcha sifatida Anxel Di Mariyani Parijdan olib kelishni istamoqda. Moliyaviy feyr-pley juda keskin talablari sabab «PSJ» Neymar uchun 222 million yevroni to‘lay olmasligi mumkin va bu transfer narxini Anxel Di Mariya yordamida biroz bo‘lsada qisqartirish niyatida.

Top