Shavkat Mirziyoyev xalqqa samimiy minnatdorchilik bildirdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev xalqqa minnatdorchilik bildirdi.
Tug‘ilgan kunimga 60 yil to‘lishi munosabati bilan uzoq-yaqindan qutlovlar, tabriknoma va maktublar yo‘llagan davlat va hukumat boshliqlariga, xorijiy siyosat va jamoat arboblari, ishbilarmon doiralar vakillariga, xalqaro tashkilotlar rahbarlariga, yurtimizdagi mahallalar va mehnat jamoalariga, barcha vatandoshlarimga o‘zimning samimiy minnatdorligimni izhor etaman.
Mening sha'nimga bildirilgan ezgu tabrik va tilaklarni, avvalambor, O‘zbekiston xalqi va davlatiga yuksak hurmat va ehtirom, mamlakatimizning bugungi va ertangi kuniga bo‘lgan ishonch ifodasi sifatida qabul qilaman.
Fursatdan foydalanib, mehnatsevar, bag‘rikeng va olijanob xalqimizga yana bir bor chin qalbimdan farzandlik mehrimni bildiraman.
Ko‘p millatli O‘zbekiston xalqining baxtu saodati va farovonligi yo‘lida sadoqat bilan xizmat qilish uchun bundan buyon ham bor kuch va g‘ayratim, bilim va tajribamni safarbar etaman.
Mavzuga oid
16:16 / 24.12.2024
O‘zbekiston va Ozarboyjon prezidentlari telefon orqali suhbatlashdi
09:27 / 24.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga tashrif buyuradi
20:43 / 23.12.2024
Qoraqalpog‘istonda qishloq xo‘jaligi, sanoat va turizmni rivojlantirish bo‘yicha loyiha ofisi tashkil etiladi
13:58 / 20.12.2024