Zangiota tumanida «yettilik» ishdan ketdi

Foto: «Toshvil.uz»
28 iyul kuni Toshkent viloyati hokimligida navbatdan tashqari sessiya bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Zangiota tumani hokimi Sa’di Shermatov lavozimidan ozod etilgan.
Tumanda jami yetti rahbar ishdan olingan. Hokim bilan birga tuman prokurori, tuman davlat soliq inspeksiyasi rahbari, tuman Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, tuman yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi rahbari, tuman moliya bo‘limi rahbari hamda tuman g‘aznachiligi rahbari ishdan ketgan.
Sa’di Shermatov 2016 yil fevralidan buyon tumanga hokimlik qilib kelayotgandi.
Yig‘ilishda tumanning yangi hokimi ham tanishtirildi. Endi Abduvahob Ulashbayevich Tamekayev tumanga rahbarlik qiladi. U 1974 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan, shu vaqtgacha Respublika «Agrobank» boshqaruv raisi bo‘lib ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 20 iyul kungi «Toshkent viloyatining ma’muriy-hududiy tuzilishini hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tug‘risida»gi qaroriga ko‘ra, 7 yil avval Zangiota tumaniga qo‘shilgan Toshkent tumani qaytadan tashkil etilgandi.
Tavsiya etamiz
Putin o‘ziga voris tayyorlayotganini aytdi
Jahon | 20:13 / 04.05.2025
Husanovning o‘yinsiz seriyasi atrofidagi savollar va javoblar
Sport | 18:17 / 04.05.2025
“Yopilgan ish” yoxud otgan o‘qi o‘ziga qaytgan tergovchining iqrori
Jamiyat | 15:23 / 04.05.2025
9 may bayrammi yoki motam? Bu kunning mazmuni qanday?
O‘zbekiston | 21:19 / 03.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Abu-Dabida Yaqin Sharqdagi birinchi «Disneylend» paydo bo‘ladi
Jahon | 03:00
-
YeChL. "PSJ" javob o‘yinida ham "Arsenal"ni yengib, finalga chiqdi
Sport | 02:17
-
NASA 2026 yilda Marsga raketa uchirishi mumkin
Jahon | 01:03
-
«G‘alaba asosan biz tufayli qo‘lga kiritilgan». Tramp 8 mayni rasman G‘alaba kuni deb e’lon qildi
Jahon | 00:31
Mavzuga oid

13:02 / 19.03.2025
Abu-Saxiy bozorida yong‘in chiqqani rad qilindi

09:52 / 28.02.2025
Guliston tumani hokimi o‘zgardi

15:39 / 24.02.2025
Oyoqosti bo‘lgan qonunlar va yo‘q qilingan yashil jamoat parki: “Ajdar yurak” hokimga chora ko‘riladimi?

09:49 / 15.02.2025