09:03 / 29.07.2017
7220

AQSh koinot sinovlari tufayli Eronga qarshi sanksiyalar kiritdi

AQSh Eronga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi. Bunga Eron tomondan “Semurg‘” raketa-tashuvchisining sinovdan o‘tkazilgani sabab bo‘lgan. 

AQSh moliya vazirligi Shahid Hemmat Industrial Group xoldingi bilan bog‘liq 6 ta kompaniyani “qora ro‘yxat”ga kiritdi.

“AQSh hukumati gap koinot sinovlari, xavf soluvchi ballistik tizimlar yaratilishi yoki Saudiya Arabistonining husiylar tomondan raketadan o‘qqa tutilishini qo‘llab- quvvatlash haqida bo‘ladimi, Eronning raketalar uchirish bilan bog‘liq faoliyatiga qarshilik ko‘rsatishni davom ettiradi”, deb aytilgan AQSh moliya vazirligi xabarida.

Eronning koinot raketasi orbitaga 250 kg gacha vaznga ega sun'iy yo‘ldoshlarni olib chiqa oladi.

Top