09:55 / 29.07.2017
4877

Yaponiya birinchi xususiy raketa parvozini 30 iyulga qoldirdi

Yaponiyaning Interstellar Technologies xususiy kompaniyasi tomonidan yasalgan birinchi fazoviy raketa parvozi noqulay ob-havo tufayli 30 iyulgacha qoldirildi.

MOMO deb nomlangan raketa ishlab chiqaruvchisining saytida aytilishicha, raketa 29 iyul kuni Xokkaydo orolidagi Taiki aholi punkti yaqinidagi poligondan uchirilishi belgilangan edi, deb yozadi RIA Novosti.

"Noqulay ob-havo sharoiti va ko‘rishning yetarli emasligi sababli parvoz 30 iyulga qoldirildi", — deyiladi Interstellar Technologies xabarida.

MOMO raketasining balandligi 9,9 metrni vazni bir tonnaga yaqinni tashkil etadi. Taxmin qilinishicha, u 20 kggacha bo‘lgan yukni 120 km balandlikka olib chiqa oladi.

Raketa havoga ko‘tarilgach, 100 kmlar balandlikka erishishi, shundan so‘ng, 4 daqiqa mobaynida termosferada parvoz qilishi kerak. Keyin uning yoqilg‘isi tugaydi va raketaning bosh qismi parashyut yordamida Tinch okeaniga qo‘nishi kerak. 

Yaponiya OAVning yozishicha, loyiha qiymati 50 million iyenni (450 ming dollar atrofida) tashkil etadi. 

Top