Men şu yil 27 iyun kuni Özbekiston televideniyesi orqali, «Madaniyat va ma'rifat» kanalining «Oçiq studiya» körsatuvida öqituvçilar köça tozalaş işlariga, paxta yaganasi va boşqa qişloq xöjaligi işlariga, paxta terişga, kottejlarning qurilişiga safarbar etilayotgani töğrisida gapirgan edim. (Şu körsatuvdan keyin işdan çetlaştirildim). Bu mavzu turli ijtimoiy tarmoqlarda va ommaviy axborot vositalarida keng muhokama qilindi. Hatto Özbekiston Oliy Majlisi Senati a'zolari bilan televideniyeda bölgan uçraşuv çoğida ham şu masala kötarildi.

«Özbekistonda öqituvçilarning obodonçilik va dala işlariga majburiy jalb etilişi töğrimi? Senatorlar va qonunçilik bunga qanday munosabat bildiradi?» degan savolga Senatning agrar, suv xöjaligi masalalari va ekologiya qömitasi raisi örinbosari javob berdi:

− Respublikamizning turli hududlarida deputatlar bilan ötkazilgan uçraşuvlarning birortasida biror öqituvçi «Bugun biz köça tozalayapmiz», degan şikoyat bilan çiqqani yöq. Ular biz bilan uçraşuvlarda majburiy mehnat haqida oğiz oçayotgani yöq va bunday holat kuzatilmagan.

−  Nafaqat öqituvçilar, şifokorlar, boğça tarbiyaçilari  ham köça tozalagani çiqyapti. Buni özimiz ham köryapmiz-ku? – dedi jurnalist Barçinoy Jörayeva.

Svetlana Artikova masalaga nisbatan öz munosabatini bildirdi:

− Masalaning boşqa tomoni ham bor. Siz bilan biz yaşaydigan yerning yuzini siz bilan biz tozalamasak, taşqaridan kelgan odam tozalab beradimi?

Bugun qölimga tasodifan bir hujjat tuşib qoldi, mutloqo tasodifan.

Unda Samarqand şahrida bölayotgan obodonçilik işlari, xususan, tramvay yöli qurilişi va yöl kengaytirilişi tufayli Şohi Zinda va Rödakiy köçalarida buzilayotgan uylarni buziş, tekislaş işlariga qaysi taşkilotlar odam yuborişi aniq qilib, belgilab berilgan. Hujjatni Samarqand şahar hokimi imzolagan.

Hujjatni sinçiklab öqib çiqing: uy buzişga qaysi maktablar, qaysi litsey va kollejlar, qaysi şifoxonalar jalb etilmoqda? Şahar şifoxonasining har bir bölimiga bittadan uy biriktirilganiga e'tibor bering.

Eng qiziği, tugatilib ketgan taşkilot — «Kamolot» yoşlar ijtimoiy harakati şahar bölimiga ham bir uy biriktirilgan!

Töğri, röyxat avvalida hokimiyat bölimlari ham körsatilgan, ammo ular kuvalda kötarib, uy buzişga borişlariga negadir mening aqlim işonmaydi!